http://aphil.tsuull.uz/index.php/anjuman/issue/feedO‘ZBEK TILINING XORIJDA O‘QITILISHI: TA’LIM NAZARIYASI VA AMALIYOTI2024-05-30T17:07:19+05:00Open Journal Systemshttp://aphil.tsuull.uz/index.php/anjuman/article/view/98LINGVOSTATISTIKA – TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY VA AMALIY SOHASI2024-05-30T16:50:42+05:00Oydinniso NasirdinovaOydinniso@gmail.com
Tilshunoslikka miqdoriy tahlil metodi sifatida kirib kelgan lingvistik statistika til hodisalarini empirik shaffoflikda tadqiq etish imkonini beradi. Lingvostatistika til birliklarini hisoblash, ularni tartiblash va ma’lum tizim asosida tahlilga tortishni osonlashtiradi. Ayniqsa, fonetik, leksik va grammatik birliklarning ogʻzaki va yozma nutq shakllarida qoʻllanish darajasini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Bu metoddan foydalanish uchun lingvostatistikaning mohiyati, tarixi, oʻzbek va jahon tilshunosligidagi natijalari hamda tamoyillarini oʻrganish maqsadga muvofiq.
2024-05-30T00:00:00+05:00Copyright (c) 2024 O‘ZBEK TILINING XORIJDA O‘QITILISHI: TA’LIM NAZARIYASI VA AMALIYOTIhttp://aphil.tsuull.uz/index.php/anjuman/article/view/89BADIIY MATNNI TAHLIL QILISH TAMOYILLARI2024-05-30T15:30:40+05:00Yulduz Do‘smuradovayulduz@gmail.com
Mazkur maqolada intertekstuallik tushunchasi, ularga berilgan turli ta’riflar, badiiy matnni tahlil qilish tamoyillari hamda ushbu tamoyillar asosida Tohir Malikning “Shaytanat” asari badiiy matn tahlili uchun namuna sifatida olindi. Matnlarning ajralmas qismi bo‘lgan intertekstuallik badiiy matnning shakllanishi va idrok qilinishida muhim lingvistik vosita sanaladi. Bunday matn parchalari tayyor lisoniy birlik sifatida kitobxonning ongidan allaqachon joy olganligi uchun intertekstuallik qatnashgan badiiy matnni tushunish ancha osonlashadi hamda muallifning badiiy niyati o‘quvchi uchun yana ham aniqlashadi. Intertekstuallik matn tahlilida asosiy tamoyillardan biri bo‘lib, bugun u lingvistika va adabiyotshunoslikning tadqiq predmetlaridan biriga aylanib ulgurdi. Maqolada bir qancha olimlarning tadqiqotlari, tahlil usullari haqida ham fikrlar berilgan bo‘lib, ularga munosabat bildirilgan.
2024-05-30T00:00:00+05:00Copyright (c) 2024 O‘ZBEK TILINING XORIJDA O‘QITILISHI: TA’LIM NAZARIYASI VA AMALIYOTIhttp://aphil.tsuull.uz/index.php/anjuman/article/view/96KO‘P TILLILIK VA KO‘P MADANIYATLILIK MUHITIDA O‘ZBEK TILINI O‘RGATISH MASALALARIGA DOIR2024-05-30T16:25:23+05:00Saodat Muhamedovasaodat@gmail.comYekaterina Shirinovayekatirina@gmail.com
Mazkur maqolada ko‘p tillilik va ko‘p madaniyatlilik muhitida o‘zbek tilini o‘rgatish masalalari, ushbu jarayonda yuzaga keladigan muammoli vaziyatlar, multilingual muhitda o‘zbek tilini samarali o‘qitishga xizmat qiladigan metod va yondashuvlar tahlil qilinadi, bu borada takliflar beriladi.
2024-05-30T00:00:00+05:00Copyright (c) 2024 O‘ZBEK TILINING XORIJDA O‘QITILISHI: TA’LIM NAZARIYASI VA AMALIYOTIhttp://aphil.tsuull.uz/index.php/anjuman/article/view/87SOLIQ SOHASIGA OID NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARIDAGI LINGVISTIK MUAMMOLAR2024-05-30T11:27:11+05:00Azoda Beysenovaazoda@gmail.comXurshida Kadirovaxurshida@gmail.com
Mazkur maqolada lingvistik ekspertizaning huquqiy asoslari, normativ-huquqiy hujjatlarning, xususan, soliq sohasiga oid ichki hujjatlarni lingvistik ekspertizadan o‘tkazishning muhimligi asoslab berilgan. Soliq sohasiga oid hujjatdagi xatolar sanab o‘tilgan va bu bilan soliq sohasi rus guruhi talabalariga o‘zbek tili fanida hujjatlar bilan ishlashning muhimligi aytib o‘tilgan.
2024-05-30T00:00:00+05:00Copyright (c) 2024 O‘ZBEK TILINING XORIJDA O‘QITILISHI: TA’LIM NAZARIYASI VA AMALIYOTIhttp://aphil.tsuull.uz/index.php/anjuman/article/view/103GRAFOLOGIK TAHLIL QILISH METODIKASI2024-05-30T17:04:31+05:00Yulduz Yo‘ldoshevayyulduz@gmail.com
Bu maqola qo‘l yozuvini grafologik tahlil qilishda kerak bo‘ladigan yozuvning asosiy xususiyatlarini ochib beradi. Metodikasini aniqlaydi. Qo‘l yozuvi misollar orqali tahlil qilinib, shu orqali grafologiyaning amaliy va nazariy ahamiyatini belgilaydi.
2024-05-30T00:00:00+05:00Copyright (c) 2024 O‘ZBEK TILINING XORIJDA O‘QITILISHI: TA’LIM NAZARIYASI VA AMALIYOTIhttp://aphil.tsuull.uz/index.php/anjuman/article/view/94VIEWS OF EASTERN THINKERS ON INTERACTIVE EDUCATION AND ITS PRINCIPLES2024-05-30T16:17:50+05:00Dilafruz Khidoyatovadilfuza@gmail.com
The article analyzes the theoretical foundations of pedagogical technology and interactive learning in the organization of the educational process. The article presents the methodology and didactic views of orientalists on the problems of mental, moral and physical development of a person in their works. Issues such as relevance, opportunities, principles of using interactive learning were studied. The analysis of important factors in the organization of the interactive educational process is presented. Conclusions are also made based on the results of research on the use of an interactive learning model.
2024-05-30T00:00:00+05:00Copyright (c) 2024 O‘ZBEK TILINING XORIJDA O‘QITILISHI: TA’LIM NAZARIYASI VA AMALIYOTIhttp://aphil.tsuull.uz/index.php/anjuman/article/view/85OʻZBEK VA QORAQALPOQ TILLARIDA OZIQ-OVQAT MAVZUSIDAGI MAQOLLARNING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI2024-05-30T11:19:08+05:00Nargiza Aytniyazovanargiza@gmail.com
Mazkur maqolada lingvomadaniyatshunoslikning oʻrganish obyekti boʻlgan maqollarga toʻxtalingan. Oziq-ovqat nomlari ishtirok etgan oʻzbek va qoraqalpoq maqollaridan namunalar keltirilib, lingvomadaniy aspektda qiyosiy tahlil etilgan.
2024-05-30T00:00:00+05:00Copyright (c) 2024 O‘ZBEK TILINING XORIJDA O‘QITILISHI: TA’LIM NAZARIYASI VA AMALIYOTIhttp://aphil.tsuull.uz/index.php/anjuman/article/view/101O‘ZBEK TILI MASHG‘ULOTLARIDA ADABIY O‘QISH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHNING AMALIY JIHATLARI2024-05-30T16:58:52+05:00Okila Turakulovaokila@gmail.com
Mazkur maqolada O‘zbek tili mashg‘ulotlarida adabiy o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirishda ayrim metodik tavsiyalar, adabiy o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirishda matn bilan ishlashning amaliy jihatlari ko‘rsatib berilgan.
2024-05-30T00:00:00+05:00Copyright (c) 2024 O‘ZBEK TILINING XORIJDA O‘QITILISHI: TA’LIM NAZARIYASI VA AMALIYOTIhttp://aphil.tsuull.uz/index.php/anjuman/article/view/92O‘ZBEK TILINI IKKINCHI TIL SIFATIDA O‘RGANISHDA SO‘Z MA’NOLARINI O‘ZLASHTIRISH2024-05-30T15:43:09+05:00Gulbahor Iskandarovagulbahor@gmail.com
Millatimiz yoshlarini har tomonlama komil shaxslar, chinakam intellektual salohiyat egalari qilib tarbiyalashga qaratilgan uzluksiz ta’lim tizimining har bir bosqichi va ta’lim sohalari zimmasiga muayyan ma’rifiy maqsad va vazifalar yuklatilgan. Ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda yoki xorijliklar tomonidan o‘zbek tilini o‘rgatishga doir barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bunda o‘zbek tilini o‘zlashtiruvchilar o‘qish, yozish, muloqot qilish va fikrini ifodalashni o‘rganadilar. Bunda, albatta, o‘zbek tilida o‘qish va o‘rganish uchun so‘z ma’nolari mohiyatini tushunish, so‘z mazmunini turli kommunikativ vaziyatlarda o‘zlashtirish hamda undan savodli darajada foydalana olish ko‘nikmasini rivojlantirishga e’tibor qaratilishi zarur.
2024-05-30T00:00:00+05:00Copyright (c) 2024 O‘ZBEK TILINING XORIJDA O‘QITILISHI: TA’LIM NAZARIYASI VA AMALIYOTIhttp://aphil.tsuull.uz/index.php/anjuman/article/view/83O‘ZBEK MULOQOT XULQINING SOTSIOLOGIK XUSUSIYATLARI2024-05-30T09:38:01+05:00Oybarchin AbdulhakimovaOybarchin@gmail.com
Maqolada o‘zbek muloqot xulqining xususiyatlari, jumladan ijtimoiy muhitning muloqot madaniyatiga ta’siri, muloqot qonuniyatlarini bilish hamda uni o‘rnatish malakalari va qobiliyatlarini rivojlantirish masalalari yoritilgan. O‘zbek millatiga xos o‘zaro muloqot muhitlaridan quyidagilarga: ustoz va shogird o‘rtasidagi muloqot jarayoni, ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi muloqot jarayoni, qaynona va kelin o‘rtasidagi muloqot jarayoniga to‘xtalindi va tahlil etildi.
2024-05-30T00:00:00+05:00Copyright (c) 2024 O‘ZBEK TILINING XORIJDA O‘QITILISHI: TA’LIM NAZARIYASI VA AMALIYOTIhttp://aphil.tsuull.uz/index.php/anjuman/article/view/99XORIJLIKLARGA O‘ZBEK TILINI MAQSADLI O‘QITISHDA YUZAGA KELADIGAN MUAMMOLAR VA MUQOBIL YECHIMLAR2024-05-30T16:53:29+05:00Mavluda Pardayevamavluda@gmail.com
Ushbu maqolada o‘zbek tilini xorijliklarga maqsadli o‘qitishda yuzaga keladigan bir qancha muammolar haqida fikr yuritilgan bo‘lib, o‘z navbatida har bir muammoga to‘xtalganda ma’lum darajadagi yechimlar taklif qilingan. Bu kabi muammolar sifatida izohlangan o‘zbek tilidagi so‘zlar talaffuzi, tilidagi shevalarni xorijliklarga o‘rgatish, til mutaxassislari tomonidan yaratilgan audio va video materiallarning yetishmasligi, o‘zbek tilini mustaqil o‘rganuvchilar uchun to‘rt ko‘nikmaning har biriga alohida-alohida adabiyotlar yaratish zaruriyati kabi muammolar ba’zi misollar asosida yoritib berilgan.
2024-05-30T00:00:00+05:00Copyright (c) 2024 O‘ZBEK TILINING XORIJDA O‘QITILISHI: TA’LIM NAZARIYASI VA AMALIYOTIhttp://aphil.tsuull.uz/index.php/anjuman/article/view/90O‘ZBEK TILINING RASMIY AXBOROT USLUBINI YARATISHDA NUTQ USLUBLARINING AHAMIYATI2024-05-30T15:33:45+05:00Dilrabo Elovadilrabo@gmail.cm
Internet olami, milliy axborot-qidiruv tizimlarida (tabiiy til) o‘zbek tilining o‘z o‘rni bo‘lishiga erishish bugungi kunda kechiktirib bo‘lmas vazifadir. Bu esa axborot-qidiruv tizimlari, jumladan, milliy korpuslarda o‘zbek nutq madaniyatiga xos materiallar va ularni turli belgilar asosida qidirib topish imkoniyatini beruvchi tizimni ishlab chiqish ehtiyojini keltirib chiqaradi. Ushbu maqolada tildan amaliy foydalanish usul, vosita va materiallari, ularni tayyorlash xususida fikr yuritiladi.
2024-05-30T00:00:00+05:00Copyright (c) 2024 O‘ZBEK TILINING XORIJDA O‘QITILISHI: TA’LIM NAZARIYASI VA AMALIYOTIhttp://aphil.tsuull.uz/index.php/anjuman/article/view/97FILOLOGIYA YO‘NALISHI RUSIYZABON GURUHLARIDA O‘ZBEK ADABIYOTI FANINI O‘QITISHDA ASAR TAHLILI MUAMMOLARI2024-05-30T16:48:01+05:00Nargiza Musulmanovamnargiza@gmail.com
Filologiya yo‘nalishi rusiyzabon guruhlarida o‘zbek adabiyotini o‘qitishda badiiy asarlarning tahlili nihoyatda muhim. Chunki talabalarning og‘zaki va yozma nutqini shakllantirishda asarlarning tahlili, xususan, pragmatik va lingvistik tahlili katta yordam berishi, shu bilan birga, ayrim badiiy asarlarning sotsiopragmatik tadqiqi talabalarning o‘qilgan har bir asarga o‘z munosabatini ko‘rsatadi.
2024-05-30T00:00:00+05:00Copyright (c) 2024 O‘ZBEK TILINING XORIJDA O‘QITILISHI: TA’LIM NAZARIYASI VA AMALIYOTIhttp://aphil.tsuull.uz/index.php/anjuman/article/view/88O‘ZBEK TILINI BADIIY FILMLAR VA BADIIY ADABIYOTLAR VOSITASIDA O‘RGATISH2024-05-30T11:34:56+05:00Azimjon Davronovazimjon@gmail.com
Ushbu maqolada o‘zbek tilini o‘zga tilli guruhlarga yoki xorijliklarga badiiy film yoki badiiy asarlar orqali o‘rgatish haqida fikr yuritilgan.
2024-05-30T00:00:00+05:00Copyright (c) 2024 O‘ZBEK TILINING XORIJDA O‘QITILISHI: TA’LIM NAZARIYASI VA AMALIYOTIhttp://aphil.tsuull.uz/index.php/anjuman/article/view/104АНАЛИЗ ИЗУЧЕНИЯ ЯЗЫКА И СТИЛЯ ПРОИЗВЕДЕНИЙ А.И.КУПРИНА2024-05-30T17:07:19+05:00Mushatriy Aliqulovamalikulova@gmail.com
Александр Иванович Куприн - один из выдающихся писателей XX столетия. В творчестве и личной судьбе Куприна эмиграция сыграла, может быть, наиболее трагичную роль, чем в судьбе многих других писателей. Отрыв от родины для него оказался катастрофичным. В данной статье будет проведен анализ изучения языка и стиль произведений А.И.Куприна.
2024-05-30T00:00:00+05:00Copyright (c) 2024 O‘ZBEK TILINING XORIJDA O‘QITILISHI: TA’LIM NAZARIYASI VA AMALIYOTIhttp://aphil.tsuull.uz/index.php/anjuman/article/view/95X(İKS)-FEMİK XARAKTERLİ ÖZBƏK VƏ AZƏRBAYCAN ATALAR SÖZLƏRİNİN TİPOLOJİ XÜSUSİYYƏTLƏRİ2024-05-30T16:21:14+05:00Xankişi Məmmədovxankishi@gmail.comXurshida Kadirovaxurshida@gmail.com
Müxtəlif dillərdə atalar sözlərinin müqayisəli tipologiyası dil və düşüncə münasibətləri ilə bağlı bir çox fundamental problemlərin öyrənilməsində öz prioritetliyini saxlayır. Şübhəsiz ki, bu, mövzunun aktuallığını göstərir. Bu tədqiqatda Azərbaycan və özbək atalar sözlərinin müqayisəli təhlili öyrənilmişdir. Düzdür, Azərbaycan və özbək dillərinin qaydaları bir-birindən bir qədər fərqli olsa da, uyğun cəhətlər daha çox diqqəti cəlb edir və bu harmoniya hər addımda hiss olunur. Sözsüz ki, dillər arasındakı bu oxşarlıq türkdilli xalqların qohum dillər kateqoriyasına aid olmasından irəli gəlir. Beş yüzdən çox atalar sözü müqayisə üçün tədqiq edilmişdir. Nəticədə azərbaycan və özbək atalar sözlərinin demək olar ki, doxsan doqquz faizinin semantika və leksik quruluş baxımından bir-birinə tam uyğun olduğu və onların hər iki dildə evfemik və ya disfemik olduğu aşkar edilmişdir. Ona görə də belə araşdırmaların sistemli şəkildə tədqiqi iki qardaş xalqın bütün sahələrdə qarşılıqlı əlaqələrinin daha dərindən dərk edilməsinə, hər iki dilin gözəlliyinin qorunub saxlanmasına müsbət təsir göstərəcəyinə ümid edirik.
2024-05-30T00:00:00+05:00Copyright (c) 2024 O‘ZBEK TILINING XORIJDA O‘QITILISHI: TA’LIM NAZARIYASI VA AMALIYOTIhttp://aphil.tsuull.uz/index.php/anjuman/article/view/86TA’LIM RUS TILIDA OLIB BORILADIGAN GURUHLARDA “O‘ZBEK TILIDA SO‘Z TARKIBI” MAVZUSINI O‘RGATISH TAJRIBASIDAN2024-05-30T11:24:06+05:00Dildor Bazarovadildor@gmail.com
Mazkur maqola o‘zbek tilida so‘z tarkibini rus tili bilan chog‘ishtirib o‘rganishga bag‘ishlangan.
2024-05-30T00:00:00+05:00Copyright (c) 2024 O‘ZBEK TILINING XORIJDA O‘QITILISHI: TA’LIM NAZARIYASI VA AMALIYOTIhttp://aphil.tsuull.uz/index.php/anjuman/article/view/102O‘ZBEK TILIDA MUROJAAT SHAKLLARI VA ULARNING GENDER XOSLANISHI2024-05-30T17:01:32+05:00Nasim Xo‘jayevnasim@gmail.com
Ushbu maqolada biz o‘rganmoqchi bo‘lgan obyekt bu - til hodisalaridan biri bo‘lgan murojaat shakllari, ya’ni fatik kommunikatsiyadir. Fatik kommunikatsiya jarayonida adresant va adresatlarning jins jihatidan farqlanishi sodir bo‘ladigan nutqiy vaziyatda tahlil qilinadi. Murojaat shakllarining ijtimoiy xususiyatlari, undalma va murojaatning umumiy yoki farqli tomonlari, ifodalanish usul hamda vositalari, murojaat ifodalanishining ekstralingvistik va psixolingvistik vosita omillari, murojaat leksikanining tematik tasnifi yoritib beriladi.
2024-05-30T00:00:00+05:00Copyright (c) 2024 O‘ZBEK TILINING XORIJDA O‘QITILISHI: TA’LIM NAZARIYASI VA AMALIYOTIhttp://aphil.tsuull.uz/index.php/anjuman/article/view/93OʻZBEK TILINI XORIJIY TIL SIFATIDA OʻQITISHDA MUSTAQIL TAʼLIMNING AHAMIYATI2024-05-30T16:14:33+05:00Xurshida Kadirovaxurshida@gmail.com
Oʻzbek tilini xorijiy til sifatida oʻqitishning muhim jihatlaridan biri bu til oʻrganuvchining oʻzbek tiliga boʻlgan qiziqishi, madsadi va hurmati hisoblanar ekan, ularni til oʻrganuvchida paydo boʻlishi oʻqituvchining metodikasiga bogʻliq. Bunda mustaqil ta’limning ahamiyati katta. Biroq mustaqil ta’limga til oʻrganuvchini undash oʻziga xos yondashuvlarni talab etadi. Maqolada mustaqil ta’limni tashkil etishning bir nacha usullari sanab oʻtilgan boʻlib, ular til oʻrganuvchining oʻz xohishi bilan oʻzbek tilini oʻrganishga boʻlgan ishtiyoqini oshirishga xizmat qilishi mumkinligi asoslab berilgan.
2024-05-30T00:00:00+05:00Copyright (c) 2024 O‘ZBEK TILINING XORIJDA O‘QITILISHI: TA’LIM NAZARIYASI VA AMALIYOTIhttp://aphil.tsuull.uz/index.php/anjuman/article/view/84MULTILINGUALIZM MUHITIDA SHAKL VA MA’NO MUNOSABATLARINI O‘QITISHNING LINGVOKULTUROLOGIK JIHATLARI2024-05-30T09:46:58+05:00Nozima Abduqodirovanozima@gmail.com
Ushbu maqolada o‘zga tilli guruh talabalariga o‘zbek tilini o‘qitishda yuzaga keladigan muammolar haqida fikr yuritilgan bo‘lib, ularni talabalarga oson o‘qitishga oid yechimlar taklif qilingan. Frazemalar har bir milliy madaniyatning in’ikosi bo‘lgani bois, multilingualizm muhitida ushbu til birliklari o‘rtasida kuzatiladigan shakl va ma’no munosabati hodisalarini o‘qitish ayniqsa, qiyinchilik tug‘diradi. Darsning samarasini oshirish, talabaga tushunarli bo‘lishi uchun metodik ta’minotni to‘liq shakllantirish lozimligi va bunda o‘qituvchi turli kitoblardan, taqdimot va zamonaviy metodlardan foydalanishi maqsadga muvofiqligi turli tavsiyalar bilan yoritib berilgan.
2024-05-30T00:00:00+05:00Copyright (c) 2024 O‘ZBEK TILINING XORIJDA O‘QITILISHI: TA’LIM NAZARIYASI VA AMALIYOTIhttp://aphil.tsuull.uz/index.php/anjuman/article/view/100O‘ZBEK TILINI XORIJIY TIL SIFATIDA O‘QITISHDA AUTENTIK MATERIALLAR UCHUN TOPSHIRIQLAR TUZISH METODLARI2024-05-30T16:56:06+05:00Temurxo‘ja Shodmanovtshodmanov@gmail.com
Ushbu maqolada o‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitishda autentik materiallarning o‘rni, ulardan til ta’limida foydalanish, autentik materiallarga mos keladigan topshiriqlar tuzish haqida so‘z yuritilgan. Autentik materiallardan foydalanish muammolari tahlil qilingan va ularga oid yechimlar taklif qilingan. O‘zbek tilini o‘rganuvchilarga jonli til muhitiga yanada osonroq kirishni ta’minlaydigan topshiriqlarga misollar keltirilgan.
2024-05-30T00:00:00+05:00Copyright (c) 2024 O‘ZBEK TILINING XORIJDA O‘QITILISHI: TA’LIM NAZARIYASI VA AMALIYOTIhttp://aphil.tsuull.uz/index.php/anjuman/article/view/91ADABIY O‘QISH DARSLARIDA RUHIYAT MASALALARINING O‘RGANILISHI2024-05-30T15:38:41+05:00Shoira Isayevashoira@gmail.com
Mazkur maqola adabiy o‘qish darslarida ruhiyat masalalarining yoritilish uslublariga bag‘ishlangan. Maqolaning kirish qismida mavzuning nazariy masalalari yoritilgan. Unda ruhiyat masalalarining o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, mavzuga doir nazariy, ilmiy qarashlar o‘z aksini topgan. Maqolada mavzuni o‘qitishning pedagogik asoslari, ya’ni mavzu bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni o‘tishda ruhiyat masalalari tahlili yuzasidan topshiriqlar, amaliy mashg‘ulotning metodik ta’minoti haqida mulohazalar berilgan.
Maqolada adabiy o‘qish darslarida ruhiyat masalalariga yangicha yondoshuv badiiy asarni o‘rganishda o‘quvchi - talaba uchun yuqori samara berishi asoslab berilgan. U orqali o‘quvchi - talabalarning bilimi va ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish mumkinligi aniqlangan.
2024-05-30T00:00:00+05:00Copyright (c) 2024 O‘ZBEK TILINING XORIJDA O‘QITILISHI: TA’LIM NAZARIYASI VA AMALIYOTI