Uznet lingvistik ontologiyasini yaratishni loyihalash konsepsiyasi

Authors

  • Манзура Ахмедова

Keywords:

lingvistik ontologiya, semantik veb, UzNet, semantik munosabatlar, konsepsiya, loyihalash

Abstract

Jahonda inson faoliyatining bilim talab qiladigan zamonaviy
sohalari rivojlanishi kompyuter texnologiyalari rolining oshishi bilan
belgilanadi. Bugungi kunda axborot oqimi sezilarli darajada koʻpaymoqda,
endi ularni saqlash, taqdim etish, formallashtirish va tartibga solish,
shuningdek, avtomatik qayta ishlashning yangi usullarini izlash zarurati
yuzaga kelmoqda. Shu bois turli amaliy maqsadlarda qoʻllanilishi mumkin
boʻlgan keng qamrovli bilim bazalariga qiziqish ortib bormoqda. Ayniqsa,
inson omilisiz matndan har qanday ma’lumotni chiqarib oluvchi neyro-
toʻrlarga asoslangan tizimlarga ehtiyoj katta. XX asr yarimida butunjahon
tarmogʻi bilan bir qatorda semantik veblar paydo boʻldi, unda gipermatnli
sahifalardagi elementlar semantikasi haqida axborot tashuvchi qoʻshimcha
teglar bilan ta’minlandi. Semantik vebning ajralmas qismi ontologiya
tushunchasi boʻlib, u soʻzlar tarmogʻidan iborat leksik ma’lumotlar bazasi
hisoblanadi.
Mazkur maqolada oʻzbek tili ontologiyasi – UzNet tizimini yaratish
konsepsiyasi, uni loyihalash asoslari, UzNet ontologiyasining biznes-
jarayon modeli koʻrsatildi.

Downloads

Published

2022-11-04

How to Cite

Ахмедова, М. (2022). Uznet lingvistik ontologiyasini yaratishni loyihalash konsepsiyasi. Uzbekistan Language and Culture, 5(1). Retrieved from https://aphil.tsuull.uz/index.php/language-and-culture/article/view/2