Adabiy o‘qish mashg‘ulotlarida matnni tahlil qilish usullari (Abdulla Qahhor asarlari misolida)
Keywords:
poetika, tragediya, aspekt, ijtimoiylik, yozuvchi uslubi, xarakter chegarasAbstract
Adabiyot o‘qitish metodikasida asarlar turli nuqtayi nazardan
tahlilga tortiladi. Bunday yondashuvlar darsning maqsadiga ko‘ra amalga
oshiriladi. Adabiy o‘qish mashg‘ulotlarida asarlardagi voqealar rivojini
o‘rganuvchi, asar mazmuni va shakliga ko‘ra tahlil qiluvchi, asardagi ifoda
vositalari orqali yozuvchining g‘oyasini, fikrlarini o‘rganuvchi va tahliliy
xulosalar beruvchi bir necha turli usullar mavjud. Ushbu maqolada Abdulla
Qahhor qissalarining g‘oyaviy-badiiy jihatlari tahlil qilinadi. Yozuvchi
uslubi va hikoyalarida davr fojiasini tasvirlashga harakat qilingan. Abdulla
Qahhor o‘zining barcha asarlarida zamon fojiasi, odamlar dardi, ijtimoiy
muammolarni yorqin aks ettirgan, daho asarlari bilan adabiyotimizda
o‘chmas iz qoldirgan adiblardan biridir. Mashg‘ulotlarda syujet qurilishi va
obrazlar tahlili orqali yozuvchi asarlarining g‘oyaviy-badiiy mazmunining
aniqlanishi tahlil qilindi.