NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARDA LEKSIK BIRLIKLARNING QO‘LLANILISHI MASALASI

Authors

  • Abror Murtazayev

Keywords:

normativ-huquqiy, qonunchilik, unifikatsiya, standart, uyg‘unlik, bir xillik, loyiha, lingvistik-ekspertiza.

Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek tilida normativ-huquqiy hujjat loyihalarini lingvistik ekspertizadan o‘tkazishda leksik birliklarning qo‘llanilishi bilan bog‘liq muammolar, ya’ni so‘zlarning noto‘g‘ri qo‘llanilishi, uslubiy xatolar, qonunosti hujjatlari matnida qo‘llanilgan so‘zlarning asosiy qonun hujjatlariga nomuvofiq kelib qolishi, xorijiy tildagi so‘zlarning ilmiy asoslarsiz qo‘llanilishining oshib ketayotganligi va buning nazariy hamda amaliy jihatlari tahlilga tortilgan. Normativ-huquqiy hujjatlarning lingvistik ekspertizasida leksik birliklarni to‘g‘ri qo‘llash, uning tushunarli, aniq bir ma’noli, turli talqinlarga sabab bo‘lmaydigan darajada bo‘lishi muhim. Normativ-huquqiy hujjatlarni lingvistik ekspertizadan o‘tkazishda unda qo‘llanilgan leksik birliklarni to‘g‘ri qo‘llash uchun, avvalo, yangidan yozilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni yozishda mustaqillikning boshidan shakllanib kelgan qonunchilik bazasiga murojaat qilish eng ma’qul yo‘l. Normativ-huquqiy hujjat loyihalarini lingvistik ekspertizadan o‘tkazishda leksik birliklarni unifikatsiya qilish, qonunchilik bazasini elektron platformalarda jamlash va undan unumli foydalanish uchun ham samarali xizmat qiladi.

Downloads

Published

2023-09-26

How to Cite

Murtazayev, A. (2023). NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARDA LEKSIK BIRLIKLARNING QO‘LLANILISHI MASALASI. Uzbekistan Language and Culture, 5(1), 37–50. Retrieved from https://aphil.tsuull.uz/index.php/language-and-culture/article/view/47