ISMATULLO RAHMATULLONING “ALIFBE TA’LIMI” DARSLIGI TAHLILI

Authors

  • Dilafruz Raxmatova

Keywords:

Turkiston, “usuli savtiya” jadid maktabi, “Alifbe ta’limi”, pedagogik tajriba, noshirchilik, darslik, tovush va harf, hikoya, matn, she’riy parchalar.

Abstract

Ma’lumki, Turkistonda XIX asr oxiri XX asr boshlarida “usuli savtiya” jadid maktablari tashkil etilib, jadidlar o‘zlari yashaydigan hududga moslab turli darsliklar yaratishgan. Bu darsliklar “Alifbo”dan boshlanib, turli fanniy va islomiy bilimlarni o‘z ichiga olgan. Ismatullo Rahmatulloning “Alifbe ta’limi” darsligi arab grafikasidagi eski o‘zbek yozuvining o‘ziga xos jihatlarini ko‘rsatibgina qolmay, ta’lim-tarbiya, odob-axloq haqidagi matnlarni o‘z ichiga olganligini bilan ahamiyatli. “Alifbo ta’limi” XX asr boshida Samarqand jadid maktablari boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ko‘p yillar davomida xizmat qilgan. Darslik Samarsanddagi “Gazarov” nomidagi matbaa uyida 1914-yilda chop etilgan bo‘lib, 46 betdan iborat. U 90 soat dars uchun mo‘ljallangan. Darslikda kichik matnlar, she’riy parchalar berilib, o‘quvchilarning o‘tgan darslarni mustahkamlashlari uchun xizmat qilgan.

Downloads

Published

2024-02-28

How to Cite

Raxmatova, D. (2024). ISMATULLO RAHMATULLONING “ALIFBE TA’LIMI” DARSLIGI TAHLILI. Uzbekistan Language and Culture, 5(2). Retrieved from https://aphil.tsuull.uz/index.php/language-and-culture/article/view/81