ADABIY O‘QISH DARSLARIDA RUHIYAT MASALALARINING O‘RGANILISHI
Keywords:
Adabiyot, ruhiyat, badiiy asar, yuqori samara, uslub, mahorat, ijodkor, badiiy-estetik hodisa, badiiy asar, badiiy unsurlar, takomillashuv, janrlar, badiiy tasvir vositalari.Abstract
Mazkur maqola adabiy o‘qish darslarida ruhiyat masalalarining yoritilish uslublariga bag‘ishlangan. Maqolaning kirish qismida mavzuning nazariy masalalari yoritilgan. Unda ruhiyat masalalarining o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, mavzuga doir nazariy, ilmiy qarashlar o‘z aksini topgan. Maqolada mavzuni o‘qitishning pedagogik asoslari, ya’ni mavzu bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni o‘tishda ruhiyat masalalari tahlili yuzasidan topshiriqlar, amaliy mashg‘ulotning metodik ta’minoti haqida mulohazalar berilgan.
Maqolada adabiy o‘qish darslarida ruhiyat masalalariga yangicha yondoshuv badiiy asarni o‘rganishda o‘quvchi - talaba uchun yuqori samara berishi asoslab berilgan. U orqali o‘quvchi - talabalarning bilimi va ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish mumkinligi aniqlangan.