O‘ZBEK TILINI IKKINCHI TIL SIFATIDA O‘RGANISHDA SO‘Z MA’NOLARINI O‘ZLASHTIRISH

Authors

  • Gulbahor Iskandarova

Keywords:

o‘zbek tili, so‘z ma’nolari, tushunish, tushuntirish, sinonim, omonim.

Abstract

Millatimiz yoshlarini har tomonlama komil shaxslar, chinakam intellektual salohiyat egalari qilib tarbiyalashga qaratilgan uzluksiz ta’lim tizimining har bir bosqichi va ta’lim sohalari zimmasiga muayyan ma’rifiy maqsad va vazifalar yuklatilgan. Ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda yoki xorijliklar tomonidan o‘zbek tilini o‘rgatishga doir barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bunda o‘zbek tilini o‘zlashtiruvchilar o‘qish, yozish, muloqot qilish va fikrini ifodalashni o‘rganadilar. Bunda, albatta, o‘zbek tilida o‘qish va o‘rganish uchun so‘z ma’nolari mohiyatini tushunish, so‘z mazmunini turli kommunikativ vaziyatlarda o‘zlashtirish hamda undan savodli darajada foydalana olish ko‘nikmasini rivojlantirishga e’tibor qaratilishi zarur.

Downloads

Published

2024-05-30

How to Cite

Iskandarova, G. (2024). O‘ZBEK TILINI IKKINCHI TIL SIFATIDA O‘RGANISHDA SO‘Z MA’NOLARINI O‘ZLASHTIRISH. O‘ZBEK TILINING XORIJDA O‘QITILISHI: TA’LIM NAZARIYASI VA AMALIYOTI, 1(01), 15–20. Retrieved from http://aphil.tsuull.uz/index.php/anjuman/article/view/92