PSIXOLINGVISTIKADA NUTQNI IDROK ETISH MASALASI

Authors

  • Dildora Salimova

Keywords:

idrok, nutq, nutqni qayta ishlash, audiovizual nutq, perseptiv moslashuv, TRACE modeli.

Abstract

Mazkur maqolada tilshunoslikda idrok tushunchasi, uning nutqni qayta ishlashdagi ahamiyati, nutqni idrok etishning psixolingvistik tahlillari yoritilgan. Ikkinchi tilni o‘zlashtishda idrok va tilni qayta ishlash o‘rtasidagi munosabatdan qat’iy nazar ona tilining fonologik xususiyatlari ona tili foydalanuvchilarining nutqni idrok etishlariga ta’sir qiladi. Nutqni idrok etish- bu nutqni tushunish jarayonidir. U uch bosqichni o‘z ichiga oladi: talqin qilish va so‘zlovchi tomonidan aytilgan barcha tovushlarni anglash. Bu xususiyatlarni muayyan til nutqiga o‘xshash tarzda tartibga solish nutqni idrok etishning asosiy vazifasi hisoblanadi. Nutqni idrok etish etish nafaqat nutqning fonologiyasi va fonetikasini, balki tilning sintaksisi va nutqiy xabarning ma’nosini ham o‘z ichiga oladi. Nutqni to‘g‘ri idrok etish uchun nutqning barcha tarkibiy qismlarini birlashtiruvchi va yaxlit xabarni shakllantiradigan model zarur. Maqolada nutqning turli qismlarini idrok etish usullarini tushunishga yordam beruvchi modellar, shuningdek, nutqni audiovizual qabul qilish jarayoni, nutqni qayta ishlash bo‘yicha olib borilgan psixolingvistik tadqiqotlar tahlilga tortilgan.

Downloads

Published

2025-06-24

How to Cite

Salimova, D. (2025). PSIXOLINGVISTIKADA NUTQNI IDROK ETISH MASALASI. Uzbekistan Language and Culture, 1(1). Retrieved from https://aphil.tsuull.uz/index.php/language-and-culture/article/view/136