ONA TILI TA’LIMIDA O‘QIB TUSHUNISH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH UCHUN MATNLARNI TANLASH TAMOYILLARI
Keywords:
o‘qish, o‘qib tushunish, o‘qish turlari, matn, intensiv o‘qish, ekstensiv o‘qish.Abstract
Zamonaviy jamiyat hayotida o‘qib tushunish bilish va muloqot vositasi sifatida katta ahamiyatga ega. Shuningdek, eshitish kanallariga qaraganda ko‘rish kanallarining o‘tkazish layoqati birmuncha yuqori ekanligi ma’lum. Shu bois bosma matn ko‘rinishida tavsiya qilingan axborot eshitilgan axborotdan ko‘ra ishonchli va samarali deb qabul qilinadi hamda unga kam xarajat hamda kuch sarflanadi. Bu ona tili ta’limida o‘qishga o‘rgatish vazifasining muhimligini ko‘rsatadi. Bugungi kunda o‘qib tushunish ko‘nikma-malakalariga qo‘yilayotgan talablar, xususan, o‘qish va matnni tushunish savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro PISA va PIRLS tadqiqotlarida mamlakatimiz o‘quvchiarining ishtiroki natijalari ushbu ko‘nikmalarni rivojlantirishda matnlarning o‘rni va ahamiyatini ta’kidlaydi. Maqolada o‘qish uchun matnlarni tanlashda hisobga olinadigan zarur jihatlar hamda jahon tajribasidan foydalanish masalalari muhokama qilinadi.