O‘ZBEK TILINI O‘QITISHDA SAMARALI TA’LIM JARAYONNI TASHKIL ETISHDAGI MUHIM ASPEKTLAR
Keywords:
ta’lim berish shakllari, o‘zga tilni o‘rgatish, ekstrafaol, faol, introfaol, interfaol ta’lim modellarAbstract
Mazkur maqolada ta’limda o‘zbek tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish jarayonini samarali tashkil etishdagi muhim aspetlar tahlil qilingan. Bunda o‘zbek tilini o‘zga til sifatida o‘qitish jarayoni samaradorligini oshirishga qaratilgan tadqiqotdagi tajriba-sinov ishlarining natijalari asosida ayrim xulosalar taqdim etilgan. Samarali ta’limni tashkil etishda ta’lim berish shakllari va ularning o‘zga tilni o‘rgatishdagi o‘rni, qolaversa, zamonaviy ta’lim jarayonida qo‘llanilayotga ta’lim modellari, ularning jarayonda kechadigan ko‘rinishlari va albatta, bu ta’lim modellarining batafsil tahlillari har bir model yuzasidan keltirilgan. O‘zbek tilini o‘zga til sifatida o‘qitish jarayonida ta’lim berish shakllari va ta’lim modellaridan to‘g‘ri va samarali foydalanish tamoyillari hamda ularni til o‘rgatishda o‘ziga xos didaktik jihatlari tahlil qilingan
