BADIIY MATNNING LINGVOPOETIK TAHLILI: TARIXI, METODOLOGIYA VA TADQIQOT METODLARI
Keywords:
Lingvistik birlik, lingvopoetika, lisoniy va badiiy tahlil, metasemiotik, semantik, grammatik vosita, sintaktik tahlil, leksik ma’no.Abstract
Mazkur maqolada badiiy matnning lingvopoetik tahlili, ya’ni tarixi, metodologiya va tadqiqot metodlari haqida gap boradi. O‘zbek tilshunosligida ham dunyo tilshunosligidagi kabi badiiy asarlarning tili va uslubini o‘rganish ko‘plab tadqiqotlarning markaziy muammosi hisoblanadi. Har qanday matnga qo‘llanadigan lingvostilistik tahlil o‘z tarkibiga ikki bosqichni (darajani) oladi, ya’ni semantik va metasemiotik. Semantik bosqichda til birliklari (so‘z, so‘z birikmasi, sintaktik konstruksiya) o‘zining atash, ya’ni semantik ma’nosida o‘rganiladi. Metasemiotik bosqichda esa til birliklarining o‘z ma’nosidan badiiy matndagi vazifalarini o‘rganishga o‘tish bosqichlari o‘rganiladi. Ushbu ikkinchi bosqichda aynan grammatik vositalarning o‘rni juda ahamiyatli bo‘lib, muallif ifodalamoqchi bo‘lgan fikrlar garmmatik vositalar orqali reallashadi. Endi so‘zning leksik ma’nosidan tashqari grammatik ma’nosi ham fikr ifodalashda asosiy qurol hisoblanadi. Maqolada bir qancha rus olimlarining lingvopoetik tadqiqotlari, tahlili usullari haqida ham fikrlar berilgan bo‘lib, ularga munosabat bildirilgan. Til va adabiyotning o‘zaro integratsiyasi ushbu sohaning paydo bo‘lishiga asos bo‘lishi va undagi ko‘plab misollar tahlilga tortilgan.