TALABA-YOSHLARDA ILMIY-TADQIQOT ISHLARINI OLIB BORISH KO‘NIKMASINI SHAKLLANTIRISH

Authors

  • Наргиза Мусулманова

Keywords:

ilmiy va ijodiy ish yozish, tadqiqot, ilmiy mavzu, ilmiy matn, ijodiy matn, metodologiya, evristika, maqsad, vazifa, potensial, ilmiy salohiyat, og‘zaki axborot, yozma axborot, ilmiy-uslubiy manbalar, dissertatsiya, kurs ishi, Abstrakt, rezyume

Abstract

Mazkur maqolada talaba-yoshlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va ilmiy-ijodkorlik ko‘nikmasini shakllantirish, Oliy ta'limda talabalarni ilmiy matn turlari bilan tanishtirish va ularni yaratish tamoyillari, og‘zaki va yozma nutqini shakllantirish, badiiy va ilmiy adabiyotlarni mutolaa qilish, konspekt va boshqa ilmiy matnlar ustida ishlash, ma'ruzalar, ularning turlari, ularga tayyorlanish jarayoni, ilmiy bilish, metodologiyalar haqida gap boradi. Turli ilmiy matnlar uchun reja tuzish, konspekt, referat, maqola, tezis, taqriz, Abstrakt kabilarni yozish va tartiblash asosli misol va metodlar asosida bayon etilgan. Talabalarga ilmiy matnlar yaratishni o‘rgatish bilan birga, tayyor ilmiy va badiiy adabiyotlardan foydalanish, ilmiy, ilmiy-uslubiy maqolalarni o‘qib o‘rganish va tahlil qilish, adabiyotlarni tartiblash, elektron saytlardan mavzu uchun zarur bo‘ladigan materiallarni izlab topish hamda ish jarayonida foydalanish, adabiyotlar ro‘yxati va havolalar (snoska)ni shakllantirish kabi ko‘nikmalarni hosil qilishni ham ushbu maqolamizning bir vazifasi sifatida e'tirof etish mumkin. Turli xil ma'ruzalarni tayyorlash, ularni turli usullarda taqdim qilish, kompyuterda taqdimotlar tayyorlash va namoyish etish, tayyor ishlarni himoya qilish kabilarni o‘rgatish ham ham ushbu maqolada o‘z aksini topgan.

Downloads

Published

2022-11-04

How to Cite

Мусулманова, Н. (2022). TALABA-YOSHLARDA ILMIY-TADQIQOT ISHLARINI OLIB BORISH KO‘NIKMASINI SHAKLLANTIRISH. Uzbekistan Language and Culture, 5(1). Retrieved from https://aphil.tsuull.uz/index.php/language-and-culture/article/view/1