GRAMMATIK SHAKLLARDA ZAMON MA’NOSINING KO‘CHISHI
Keywords:
zamon, grammatik shakl, o‘tgan zamon, hozirgi zamon, kelasi zamon, kontekst, nutq vaziyati, nutq momenti.Abstract
Maqolada o‘zbek tilidagi muayyan bir zamonga xos grammatik shakllarning kontekstga, nutq vaziyatiga bog‘liq holda boshqa zamon- ni anglatish holatlari tahlil qilingan. Zamonlarning ko‘chishi yuzasidan o‘zbek tilshunosligida amalga oshirilgan ishlarga munosabat bildirilgan. Grammatik shakllarda zamon ma’nosi ko‘chishining standart konstruksi- yalar tarkibida yuzaga kelish va nutqiy qurshovga bog‘lanmagan ko‘rin- ishlari farqlangan. Tahlillarda, statistik ko‘rsatkichlarda O‘zbek tilining ta’limiy korpusi (uzschoolcorpora.uz) matnlariga tayanilgan. Bir zamonga xos grammatik shaklning kontekstda boshqa bir zamonni anglatishi kor- pusda avtomatik annotatsiyalash jarayonida xatoliklarga sabab bo‘ladi. Zamonlarning ko‘chishi bilan bog‘liq maqolada keltirilgan holatlarning korpusda avtomatik tahlilini amalga oshirish imkoniyatlari xususida ham ma’lumotlar berilgan.