TILSHUNOLIKDA BADIIY MATN TADQIQI

Authors

Keywords:

badiiy matn, nobadiiy matn, badiiy nutq, ilmiy nutq, badiiy uslub, estetik ta’sir, san’at.

Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek tilshunosligida badiiy nutq masalasining o‘rganilish jarayoni yuzasidan fikr yuritiladi. Shuning bilan birga badiiy va ilmiy nutq qiyosiy tadqiq etiladi hamda badiiy adabiyotning san’atga qay darajada aloqadorlik jihatlari tahlil qilinadi. Badiiy matnda muallifning o‘quvchi yoki kitobxonga estetik ta’sir qilish maqsadi birinchi planda tursa, nobadiiy matnda muallifning asosiy maqsadi o‘quvchi yoki kitobxonga kommunikativ ta’sir qilishdan iborat bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, nobadiiy matnda muayyan axboratning mazmuni va uning ifodasi birlamchi bo‘lsa badiiy matnda bunday axborot birlamchi emas, balki shu matn asosida aytilmoqchi bo‘lgan fikr – g‘oyaning estetik ta’sirli ifodasi mutlaqo hal qiluvchidir. Matnning badiiy va nobadiiy tiplari bir-biridan ularda tilning estetik vazifasining salmog‘iga ko‘ra farqlanadi.

Author Biography

Nasim Xo‘jayev, Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Shahrisabz davlat pedagogika instituti, Ona tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi

Downloads

Published

2024-07-05

How to Cite

Xo‘jayev, N. . (2024). TILSHUNOLIKDA BADIIY MATN TADQIQI. Uzbekistan Language and Culture, 2(02). Retrieved from https://aphil.tsuull.uz/index.php/language-and-culture/article/view/120