BADIIYLIK MODUSI – SHE’RIYATDAGI MODIFIKATSION USUL
Keywords:
fenomen, modus, modifikatsiya, badiiylik modusi, obraz, obrazlilik.Abstract
Hozirgi adabiy jarayon, ijtimoiy voqelik, inson tafakkurning doimiy o‘zgarib borishi, qolaversa, ijodkor shoirlarning badiiy-estetik izlanishlari natijasida xilma xil ifoda shakllari yuzaga chiqmoqda. So’nggi yillar she’riyatda “falsafiy she’riyat”, “fikriy she’riyat”, “meditativ lirika”, “emotsional-intellektual lirika”, “ijroviy lirika”, “personajli lirika” singari ifodalar keng qo’llanmoqda. Bu kabi istilohlar adabiy-ilmiy muomalada faollashmoqda. Ushbu ifodalarning yuzaga kelishini adabiy jarayonning о‘zi taqozo qilmoqda. Shuningdek, adabiy asarni badiiylik tamoyillari va moduslari nuqtayi nazari bilan tahlil qilish, ijodkor ijodiy niyatini hamda asarning mazmun-mohiyatini tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur maqolada xususan, “personajli lirika” namunalarini tahlil qilish orqali badiiylik modusi nazariyasi qisman ochib berilgan.