XORIJLIKLARGA O‘ZBEK TILINI O‘QITISHDA TIL VA MADANIYAT INTEGRATSIYASI
Keywords:
o‘zbek tili, xorijliklar, madaniyatshunoslik, integratsiya, ta'lim metodologiyasi, til va madaniyat, o‘qitish usullari, madaniy kontekst, til o‘rganish jarayoni, ta'lim jarayoni.Abstract
Ushbu maqolada xorijliklarga o‘zbek tilini madaniyatshunoslik bilan integratsiya asosida o‘qitishning ahamiyati va usullari tahlil qilinadi. O‘zbek tilini o‘rganish jarayonida madaniyatni o‘rganish, til va madaniyat o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushunish zarurligi ta’kidlanadi. Maqolada xorijlik talabalarga o‘zbek tilini o‘rgatishda madaniyatshunoslik elementlarini qanday qilib samarali qo‘llash mumkinligi, shuningdek, bunday yondashuvning ta'lim jarayoniga qo‘shadigan qiymati ko‘rsatiladi. O‘zbek tilini o‘rganayotgan xorijliklar uchun madaniy kontekstni taqdim etish, ularning tilni o‘zlashtirish jarayonini yanada samarali qilishga yordam beradi. Ushbu tadqiqot xorijiy tillarni o‘qitish metodologiyasiga yangi yondashuvlarni kiritishga xizmat qiladi.