O‘ZBEK TILINI XORIJIY TIL SIFATIDA O‘QITISHDA LOYIHA TEXNOLOGIYASI

Authors

Keywords:

O‘zbek tili, metodika, loyiha, loyiha texnologiyasi, xorijiy til, leksik material, grammatik material, og‘zaki nutq.

Abstract

O‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitishda loyiha texnologiyasi asosida darsni tashkil etish, o‘qituvchi va o‘quvchining mas’uliyatini oshiradi. Loyiha texnologiyasi asosida tashkil etilgan o‘zbek tili darslaridan asosiy maqsad darsning natijasi va samarasi. Buning zamirida o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish, ularga grammatik vositalardan mustaqil ravishda gap tuzib aytish, mustaqil ravishda fikr almasha olish va fikr bayon eta bilish, eshitilgan materialni idrok etish, shuningdek, axborot olish, voqea-hodisalarga o‘z munosabatini bildirish tarzida muloqotga kirishish malakasini egallab borishi yotadi.
Mazkur maqolada o‘quvchilarning o‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘rganishida loyihaviy faoliyatdan foydalanish, o‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitishda loyiha texnologiyasini qo‘llash metodikasining amaliy jihatlari, leksik yoki grammatik material, og‘zaki nutqni loyiha ta’lim texnologiyasi asosida o‘rgatish yuzasidan tavsiyalar bayon etilgan.

Author Biography

Okila Turakulova, Аlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʼzbek tiliva adabiyoti universiteti

Аlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʼzbek tiliva adabiyoti universiteti Oʼzga tilli guruhlarda oʼzbek tili taʼlimi kafedrasi dotsenti, p.f.d. (PhD)

Downloads

Published

2024-02-28

How to Cite

Turakulova, O., & Karayeva, B. (2024). O‘ZBEK TILINI XORIJIY TIL SIFATIDA O‘QITISHDA LOYIHA TEXNOLOGIYASI. Uzbekistan Language and Culture, 5(2). Retrieved from https://aphil.tsuull.uz/index.php/language-and-culture/article/view/77