OʻZBEK VA QORAQALPOQ TILLARIDAGI PAREMIYALARNING LINGVOKULTUROLOGIK ASPEKTI
Ключевые слова:
paremiologiya, paremiyalar, maqollar, matal, leksik birlik, til, madaniyat, milliylik, lingvokulturologiya, frazeologizmlar.Аннотация
Tilning paremiologik fondi avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan ma’naviy meros sanaladi. U oʻzida ma’lum bir xalq tomonidan dunyoni bilishning ogʻzaki tajribasini ifodalaydi. Tilshunoslar paremiologiyani majoziy ma’noda xalq hayoti ensiklopediyasi deyishlari bejiz emas. Paremiyalar tilning maxsus birliklari va belgilari, insoniy muloqotning muhim elementlaridir. Bu belgilar aniq ma’lumotlarni yetkazish, odatiy hayot va ruhiy vaziyatlarni, u yoki bu obyektlar orasidagi munosabatni bildiradi va har bir tilda oʻziga xos tarzda namoyon boʻladi. Tillarning milliy-mental xususiyati esa paremiyalarning oʻziga xos lingvokulturologik qirralarni namoyon qiladi. Maqolada qardosh boʻlgan oʻzbek va qoraqalpoq tillarining umumiy va xususiy jihatlari, milliy madaniy aspektlari tahlilga tortilgan.