IJTIMOIY TARMOQLARDAGI KONFLIKTLI YOZISHMALARDA YOSH XUSUSIYATINI IFODALOVCHI LINGVISTIK VA PARALINGVISTIK BIRLIKLAR

Авторы

  • Lobar Rahimqulova

Ключевые слова:

konflikt, muloqot, psixologiya, sotsiologiya, ijtimoiy tarmoq, yosh xususiyati, emojilar, ruhiy holat.

Аннотация

Insoniyat yaralgandan buyon shaxslar orasida o‘zaro ziddiyatlar mavjud bo‘lgan. Konfilikt nafaqat insonlar o‘rtasida, balki hayvonlar, parrandalar, hasharotlar, hattoki o‘simliklar o‘rtasida ham kuzatiladi. Konfliktlarni o‘rganuvchi soha konfliktologiya deb ataladi. Konfliktli muloqotlar o‘zaro kelishilishi kerak bo‘lgan masalaga yechim topishi yoki muammoni yanada murakkablashtirishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlardagi konfliktli yozishmalarda shaxslarning yosh xususiyatini aniqlash nisbiy hisoblanadi. Sababi so‘zlardan foydalanish insonlarning shaxsiy xarakteri yoki individual pozitsiyasi, ruhiy holatidan, ichki ziddiyatidan kelib chiqib o‘zgarishi ham mumkin. Ijtimoiy tarmoq yozishmalaridagi til birliklari kishilarning hududiy mansubligini, yosh xususiyatini, jinsini, kasbiy mansubligini, ijtimoiy holatini, dunyoqarashini hamda psixologik holatini ko‘rsatib turuvchi vosita sanaladi. O‘zbek tilshunosligida ijtimoiy tarmoq yozishmalari lingvistik ekspertizasi qisman amalga oshirilgan bo‘lsa-da, shaxs ruhiy holati va shaxslarning yosh xususiyatiga bog‘liq holatda tahlil qilinmagan. Bu maqolamizda aynan shu jihatlarga e’tibor qaratiladi.

Загрузки

Опубликован

2025-06-24

Как цитировать

Rahimqulova, L. (2025). IJTIMOIY TARMOQLARDAGI KONFLIKTLI YOZISHMALARDA YOSH XUSUSIYATINI IFODALOVCHI LINGVISTIK VA PARALINGVISTIK BIRLIKLAR. УЗБЕКИСТАН: ЯЗЫК И КУЛЬТУРА, 1(1). извлечено от https://aphil.tsuull.uz/index.php/language-and-culture/article/view/138