Feʻl grammatik shakllarining uslubiy xoslanishiga koʻra lingvistik annotatsiyalash masalasi xususida
Ключевые слова:
feʻl, lugʻaviy shakl yasovchi, sintaktik shakl yasovchi, fe’lning mayl shakllari, feʻl zamon shakllari, fe’lning vazifa shakllari, eʻl nisbat shakllari lingvistik annotatsiyaАннотация
Jahon tilshunosligida jadal rivojlanayotgan kompyuter lingvistikasi 
yoʻnalishida tabiiy tilga ishlov berish, soʻrov berish va javob olish 
sifatini yaxshilash, lingvistik tadqiqot, lingvodidaktika, leksikografiyada 
korpuslardan foydalanish dolzarb masalaga aylandi. Tilshunoslikda, 
xususan, kompyuter lingvistikasi sohasida korpus birliklarini tanlash, 
ularni lingvistik, jumladan, morfologik, semantik, sintaktik va stilistik 
teglash, stilistik teglar tizimini ishlab chiqish, til korpusi uchun maxsus 
axborotlarni qamrab olgan uslubiy xoslanishni farqlovchi lingvistik 
ta’minot yaratish muammosi dolzarb boʻlib qolmoqda.
Fe’l soʻz turkumi grammatik kategoriyalarga boy soʻz turkumi boʻlib, 
ana shu shakllar lugʻaviy birliklar singari turli uslubiy ma’nolarni anglatadi. 
Birgina fe’lning oʻzida ish-harakat jarayoni va uning tavsifi, harakatning 
tez yoki sekin bajarilishi, takrorlanishi, bajarilish-bajarilmasligi, harakat 
bajaruvchisining soni, bajarilish payti kabi qator semantik grammatik 
ottenkalar ifodalanadi. 
Ushbu maqolada feʻlning lugʻaviy va sintaktik shakl yasovchi 
qoʻshimchalarini uslubiy xoslanishiga koʻra annotatsiyalash tamoyillari, 
ularning teglar tizimi, oʻzbek tili milliy korpusida uslubiy xoslanganlik 
belgisi boʻyicha avtomatik ishlov berishning ahamiyati va uslubiy 
xoslanganlik belgisi boʻyicha qidiruv parametrlari haqida fikr yuritiladi.
 
							