Fononeymlar: tilda nom yaratishning fonetik xususiyatlari
Аннотация
Har bir tilda nom yaratishning shu tilga xos lingvistik qonuniyatlari
mavjud. Unlilar yoki undoshlar simmetriyasi, yaʼni takrori asosida hosil
bo‘lgan nomlar fononeymlar deb ataladi.
Tovushning o‘zi va, ayniqsa, tovushlar birikmasi ko‘pincha so‘zning
leksik maʼnosidan qatʼi nazar, nihoyatda kuchli ifodaga ega. Xorijiy
davlatlarda zamonaviy neymerlar buni yaxshi tushunishgan va nom
yaratish amaliyotida bunga nihoyatda katta eʼtibor bilan yondashishgan.
Muvaffaqiyatli nom yaratishda fonetikaning o‘rni qanday? U bizga
qanday ifoda imkoniyatlarini taqdim qiladi? Eng avvalo bu – maʼlum bir
tilga xos bo‘lgan, alohida olingan tovush yoki tovushlar birikmasining o‘ziga xosligidir. Ushbu maqolada tilda fononeymlar, nom yaratishning fonetik asoslari, nomlarni hosil qilish usullari, o‘zbek tilida nom yaratishning
asosiy tendensiyalari hamda qanday qilib nomni jarangdor qilish haqida
maʼlumot berildi. Shu bilan birga, nom yaratishning texnologik mexanizmlari bo‘yicha tavsiyalar berildi. O‘zbek tili misolida milliy tillarga xos nom yaratish modellari ishlab chiqildi.