BADIIY MATNNI TAHLIL QILISH TAMOYILLARI

Авторы

  • Yulduz Do‘smuradova

Ключевые слова:

badiiy matn, badiiy tahlil, tamoyil, intertekstuallik, intertekst matnlar, barqaror birikma

Аннотация

Mazkur maqolada intertekstuallik tushunchasi, ularga berilgan turli ta’riflar, badiiy matnni tahlil qilish tamoyillari hamda ushbu tamoyillar asosida Tohir Malikning “Shaytanat” asari badiiy matn tahlili uchun namuna sifatida olindi. Matnlarning ajralmas qismi bo‘lgan intertekstuallik badiiy matnning shakllanishi va idrok qilinishida muhim lingvistik vosita sanaladi. Bunday matn parchalari tayyor lisoniy birlik sifatida kitobxonning ongidan allaqachon joy olganligi uchun intertekstuallik qatnashgan badiiy matnni tushunish ancha osonlashadi hamda muallifning badiiy niyati o‘quvchi uchun yana ham aniqlashadi. Intertekstuallik matn tahlilida asosiy tamoyillardan biri bo‘lib, bugun u lingvistika va adabiyotshunoslikning tadqiq predmetlaridan biriga aylanib ulgurdi. Maqolada bir qancha olimlarning tadqiqotlari, tahlil usullari haqida ham fikrlar berilgan bo‘lib, ularga munosabat bildirilgan.

Загрузки

Опубликован

2024-05-30

Как цитировать

Do‘smuradova, Y. (2024). BADIIY MATNNI TAHLIL QILISH TAMOYILLARI. O‘ZBEK TILINING XORIJDA O‘QITILISHI: TA’LIM NAZARIYASI VA AMALIYOTI, 1(01), 31–34. извлечено от http://aphil.tsuull.uz/index.php/anjuman/article/view/89