O‘ZBEK TILI FE’L ZAMONLARINI O‘QITISHDA ELEKTRON BAZA YARATISH

Authors

  • Nozima Abduqodirova
  • Xurshida Kadirova

Keywords:

oʼzbek tili, feʼl zamonlari, dars ishlanmasi, oʻyin metodi, test yaratish, elektron baʼza.

Abstract

Maqola oʼzbek tili taʼlimining metodologiyasiga bagʼishlangan boʼlib, unda elektron baʼza yaratish masalasi koʼtarilgan. Tadqiqotchi ushbu masalani yoritishda feʼl zamonlari mavzusidan foydalangan. Oʼzbek tili taʼlimida feʼl murakkab mavzu sanaladi, shu maʼnoda maqola dolzarblik kasb etadi. Muallif, mavzu oʼzga til vakillarining idroki bilan aloqador boʼlagligi sababli tadqiqot ishini qiyosiy-tipologik, sotsiolingvistik, psixolingvistik, lingvokulturologik mezonlar asosida tahlil, tasnif, tavsif metodlarini qoʼllagan. Ishning obyekti oʼzbek tilining feʼl zamonlari, predmeti mavzu uchun metodologik elektron baʼza yaratish hisoblanadi. Ishda olingan natijalarga koʼra namunalar keltiriladi: rasm va jadvallar bilan asoslanadi. Bu borada qilingan ishlar tahlilga tortiladi. Maqolada mazkur 5 bosqichli metodik ishlanma oʼzga tilli guruhlar uchun moʼljallanganligi xulosalangan.

Downloads

Published

2024-02-28

How to Cite

Abduqodirova, N., & Kadirova, X. (2024). O‘ZBEK TILI FE’L ZAMONLARINI O‘QITISHDA ELEKTRON BAZA YARATISH. Uzbekistan Language and Culture, 5(2). Retrieved from https://aphil.tsuull.uz/index.php/language-and-culture/article/view/78

Most read articles by the same author(s)