O‘ZBEK TILI FE’L ZAMONLARINI O‘QITISHDA ELEKTRON BAZA YARATISH
Ключевые слова:
oʼzbek tili, feʼl zamonlari, dars ishlanmasi, oʻyin metodi, test yaratish, elektron baʼza.Аннотация
Maqola oʼzbek tili taʼlimining metodologiyasiga bagʼishlangan boʼlib, unda elektron baʼza yaratish masalasi koʼtarilgan. Tadqiqotchi ushbu masalani yoritishda feʼl zamonlari mavzusidan foydalangan. Oʼzbek tili taʼlimida feʼl murakkab mavzu sanaladi, shu maʼnoda maqola dolzarblik kasb etadi. Muallif, mavzu oʼzga til vakillarining idroki bilan aloqador boʼlagligi sababli tadqiqot ishini qiyosiy-tipologik, sotsiolingvistik, psixolingvistik, lingvokulturologik mezonlar asosida tahlil, tasnif, tavsif metodlarini qoʼllagan. Ishning obyekti oʼzbek tilining feʼl zamonlari, predmeti mavzu uchun metodologik elektron baʼza yaratish hisoblanadi. Ishda olingan natijalarga koʼra namunalar keltiriladi: rasm va jadvallar bilan asoslanadi. Bu borada qilingan ishlar tahlilga tortiladi. Maqolada mazkur 5 bosqichli metodik ishlanma oʼzga tilli guruhlar uchun moʼljallanganligi xulosalangan.