TIL TA'LIMIGA ANTROPOSENTRIK YONDASHUV MASALASIGA DOIR

Авторы

Ключевые слова:

antroposentrizm, paradigma, til ta’limi, o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi, pragmatik yondashuv, psixolingvistik yondashuv,

Аннотация

Bugungi kunda til hodisalarini antroposentrik paradigma doirasida tadqiq qilish dolzarb ahamiyat kasb etib, mazkur paradigma doirasida tadqiqotlar samarasi o‘laroq psixolingvistika, lingvokulturologiya, pragmalingvistika, madaniyatlararo kommunikatsiya kabi tilshunoslik sohalari, mustaqil integrativ yo‘nalishlari shakllandi va rivojlanib bormoqda. Tilshunoslikdagi nazariy qarashlarni til ta’limiga ham tatbiq etish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi, xususan o‘zbek tilini o‘qitish metodikasini takomillashtirib, uni yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqishga xizmat qilishi mumkin. Ushbu maqolada til ta'limiga antroposentrik yonadashuvning mohiyati va ahamiyatiga e’tibor qaratiladi, til ta'limi jarayonida antroposentrik yondashuvning tadqiqi o‘rganiladi, uning nazariy asoslari va amaliyotda qo‘llanishi ko‘rib chiqiladi. Maqolada til o‘rganish jarayonida kommunikativ qobiliyatlarni rivojlantirish, madaniy kontekstda tilning o‘rganilishi va tilshunoslikning zamonaviy talablari bilan bog‘liq muammolar hamda yechimlar taklif etiladi. Antroposentrik yondashuv, asosan, til o‘qitish va o‘rganish jarayonlarida kontekstual ma'lumotlarni hisobga olishni, til bilimi va tajribasini integratsiyalashni, til ta’limiga lingvomadaniyatshunoslik prizmasi orqali nazar solish asosida til bilan birgalikda shu til sohiblari madaniyatini o‘rganishni ta’minlaydi, psixolingvistik aspekt doirasida nutq ontogenezi jarayonlariga tayangan holda til o‘qitish metodikasini takomillashtirish imkonini beradi.

Биография автора

Екатерина Ширинова, ТашГУУЯЛ имени Алишера Навои

доктор философии (PhD) по филологическим наукам, старший преподаватель ТашГУУЯЛ имени Алишера Навои

Загрузки

Опубликован

2025-06-24

Как цитировать

Ширинова, Е. . (2025). TIL TA’LIMIGA ANTROPOSENTRIK YONDASHUV MASALASIGA DOIR. УЗБЕКИСТАН: ЯЗЫК И КУЛЬТУРА, 1(1). извлечено от https://aphil.tsuull.uz/index.php/language-and-culture/article/view/142

Выпуск

Раздел

TIL TA'LIMI NAZARIYASI VA AMALIYOTI