O‘zbek tilini o‘zga til sifatida o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanishning didaktik jihatlari
Ключевые слова:
interfaol metodlar, o‘zga tilni o‘rgatish, didaktik aspektlarАннотация
Mazkur maqolada ta’limda o‘zga tilni o‘rgatishda interfaol metodlardan foydalanishning ayrim didaktik aspektlari yoritilgan. O‘zbek tilini o‘zga til sifatida o‘qitish jarayonida interfaol metodlardan foydalanishning samarasi mavzusi asosida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishi yuzasidan tashkil etilgan tajriba-sinov ishlarining natijalari asosida tahlillar keltirilgan. Bunda o‘zga tilni o‘qitishda interfaol metodlarning o‘rni, ulardan to‘g‘ri foydalanishdagi muhim jihatlar va interfaol ta’limni tashkil etishdagi asosiy omillar sanab o‘tiladi. O‘zbek tilini o‘zga til sifatida o‘qitish jarayonida o‘qituvchilarning maslahatchi, fasilitator, kommunikator, boshqaruvchilik kabi ayrim vazifalari keltirilgan. O‘zbek tilini o‘zga til sifatida o‘qitish jarayonida bu vazifalarni to‘g‘ri va samarali bajarish tamoyillari, hamda ularni til o‘rgatishda o‘ziga xos didaktik jihatlari tahlil qilingan.