O‘zbek-ingliz tillarining teglangan parallel korpusini yaratish bosqichlari

Авторы

Ключевые слова:

Korpus, teglash, tenglashtirish, parallel korpus, Pos teglash, XML kodlash

Аннотация

Maqolada kompyuter lingvistikasining asosiy yo‘nalishlaridan biri va ko‘plab masalalari yechilishi lozim bo‘lgan korpus lingvistikasi, monolingual korpuslar hamda parallel korpuslar haqida, bundan tashqari parallel korpus sohasida jahon tajribasiga tayangan holda o‘zbek-ingliz tillarining parallel korpusini yaratish bosqichlari haqida so‘z yuritiladi. O‘zbek-ingliz tillari parallel korpusining dasturiy va lingvistik tamoyillarini asoslash, tanlangan birliklarni lingvistik va ekstralingvistik teglash, parallel korpus tuzish algoritmini ishlab chiqish kabi ustuvor vazifalar haqida ma’lumotlar beriladi. Parallel korpusga qanday ma’lumotlar tanlanishi,
ma’lumotlarga qo‘yiladigan talablar va o‘zbek-ingliz parallel korpusining yaratilishi tadqiqotchi va foydalanuvchilarga qanday imkoniyatlar taqdim etishi to‘g‘risida fikrlar yuritiladi. Ushbu jarayonda material tanlash kabi lingvistik va uslubiy muammolar bilan bir qatorda parallel korpusni yaratishdagi dasturiy qiyinchiliklar xususida xulosalar aks etadi.

Биография автора

Ma’rufjon Amirqulov, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Kompyuter lingvistikasi mutaxassisligi 2-kurs magistranti.

Загрузки

Опубликован

2023-01-03

Как цитировать

Elov, B. ., & Amirqulov, M. (2023). O‘zbek-ingliz tillarining teglangan parallel korpusini yaratish bosqichlari. УЗБЕКИСТАН: ЯЗЫК И КУЛЬТУРА, 5(2). извлечено от https://aphil.tsuull.uz/index.php/language-and-culture/article/view/19