O‘ZBEK TILINI O‘QITISH METODIKASINING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
Ключевые слова:
o‘zbek tili, til ta’limi, rus-tuzem maktablari, o‘zga til vakillari, ona tili, ikkinchi til, xorijiy til, o‘zbek tili qo‘llanmalari, o‘zbek tili lug‘atlari, deskriptorАннотация
O‘zbek tili qadimiy tillardan bo‘lib, Oltoy tillar oilasining turkiy tillar turkumiga kiradi. Bugungi kunda dunyo bo‘yicha o‘zbek tilida so‘zlashuvchilar soni 40 milliondan oshdi. Bu eng avvalo, O‘zbekiston aholisi, MDH davlatlari, shuningdek, Yevropa, АQSh, Kanada va boshqa ko‘plab davlatlarda yashayotgan, o‘zbek tilini o‘z ona tili sifatida tan olib, bu tilda erkin so‘zlasha oladigan kishilardir. O‘zbekistonning tarixi, madaniyati, san’ati, o‘zbek adabiyoti, milliy urf-odatlari va an’analariga qiziqish ortgan sari, o‘zbek tilining jahondagi nufuzi ham ortib bormoqda. Shu bilan birga, o‘zbek tilini o‘rganishning intensiv hamda samarali metodikalariga, zamonaviy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarga ehtiyoj yuqori. Biroq bu sohada hali ko‘plab muammolar mavjud. Xususan, o‘zbek tilini xalqaro standartlar bo‘yicha, tilni bilish darajalari tizimi asosida o‘qitish hali yo‘lga qo‘yilmagan. Maqolada o‘zbek tilini o‘zga tillar vakillariga o‘qitishning tarixi, taraqqiyoti hamda bugungi holati haqida so‘z yuritilgan. Uzoq yillar davomida o‘zbek tilini o‘qitish jarayonida to‘plangan tajriba, tilni ona tili va xorijiy til sifatida o‘qitishning xususiyatlari tahlil qilingan
